Tramp Maskka Oq uyning oltin kalitini topshirdi
AQSh Hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimida ishlab kelgan milliarder Ilon Mask davlat xizmatchisi sifatida faoliyatini yakunlamoqda. Oxirgi ish kunida Donald Tramp unga oltin kalit sovg‘a qildi.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Maskka Oq uyning oltin kalitini sovg‘a qildi. Translatsiya X ijtimoiy tarmog‘i orqali amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, Tramp ushbu sovg‘ani milliarderga uning maxsus davlat xizmatchisi sifatidagi faoliyati uchun bergan.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, AQSh prezidenti sovg‘ani Oq uy belgilari tushirilgani yog‘och quti ichidan olgan. Kattaligi kaftdek keladigan kalitga naqshlar ham tushirilgan.
«Rahmat, Ilon. O‘zingni asra», — dedi Tramp.
Mask davlat xizmatchiligini yakunlaganidan keyin ham siyosatchining «do‘sti va maslahatchisi» maqomini saqlab qolishini ma’lum qildi.
Oldinroq Tramp 30 may Ilon Maskning AQSh Hukumat samaradorligi departamenti rahbarligi lavozimidagi oxirgi ish kuni ekanini e’lon qilgandi. Shundan keyin The New York Times o‘z manbalariga tayanib, Mask Trampning saylovoldi kampaniyasida giyohvand moddalar qabul qilgani haqida yozdi. Oq uy apparati rahbarining o‘rinbosari Stiven Miller jurnalistlarga narkotik haqida Maskning o‘zidan so‘rab ko‘rishni tavsiya qildi.
Aprel oyida Mask o‘z kompaniyalarida ko‘proq ishlashni rejalashtirayotganini, DOGE uchun esa haftasiga atigi bir-ikki kun ajratishini aytgandi.
O‘tgan hafta boshida esa Ilon Mask siyosatdan ketish qarorini e’lon qildi. Qatar Iqtisodiy forumi arafasida Bloomberg agentligiga bergan intervyusida u kelajakda siyosatga ancha kam vaqt ajratishni rejalashtirayotganini va 2008 yildan beri o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan Tesla kompaniyasini boshqarishga e’tiborni kuchaytirmoqchi ekanini aytdi: «Menimcha, yetarlicha ish qildim», deb qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid

09:00
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan

08:48 / 31.05.2025
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizgacha oshirishga qaror qildi

21:30 / 30.05.2025
Trampning bosimidan so‘ng: Rossiya muzokara belgiladi

19:04 / 30.05.2025