2029 yilda lavozimimni tark etaman – To‘qayev
2022 yilda saylangan Qozog‘iston rahbarining vakolat muddati 7 yil va u saylovoldi dasturi va islohotlarni amalga oshirish uchun bu muddat yetarli deb hisoblaydi.

Foto: Al Jazeera
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2029 yilda prezidentlik lavozimini tark etishini aytdi.
«2029 yilda lavozimimdan ketishimni allaqachon e’lon qilganman. Chunki bu xalqimning talabi va o‘zimning qarorim», dedi u Al-Jazeera telekanaliga bergan intervyusida.
To‘qayev har qanday prezident davlat boshqaruvchisi ekaniga qat’iy ishonishini ta’kidladi.
«U Xudoning elchisi emas. U o‘z xalqi tomonidan saylangan davlat boshqaruvchisi. Bizda bor-yo‘g‘i yetti yilga», dedi prezident.
Davlat rahbari, shuningdek, islohotlar jarayoni juda uzoq va barqaror ekanini, Qozog‘iston islohotlar mamlakati ekanini aytdi.
«Islohotlarimizni davom ettiramiz, uzluksiz olib boramiz. Va bunga hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Mening e’tiqodim shuki, biz Qozog‘iston manfaati uchun muhim islohotlarni amalga oshirishimiz kerak», dedi u.
2019 yil iyun oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovda Qosim-Jo‘mart To‘qayev 70 foizdan ko‘proq ovoz oldi. «Yanvar voqealari»dan so‘ng To‘qayev 2022 yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovini e’lon qildi va unda 81,31 foiz ovoz oldi. Uning vakolat muddati 2029 yilda yakunlanadi.
Avvalroq, To‘qayev saylovoldi dasturi va islohotlarni amalga oshirish uchun yetti yillik prezidentlik muddati yetarli ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

20:50 / 30.05.2025
Prezident global siyosiy jarayonlar sharoitida Italiya bilan muloqot maydonini yaratish nihoyatda zarurligini ta’kidladi

16:38 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi

14:55 / 30.05.2025