Sud Harvardga chet ellik talabalarni yana qabul qilishga ruxsat berdi
Sudya Ellison Berrouz Trampning Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash haqidagi qarorini blokladi. Ammo ish bo‘yicha yakuniy qaror hali chiqmagan.

Foto: Ben Curtis/AP Photo/picture alliance
Boston federal sudi prezident Donald Trampning Harvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash haqidagi qarorini noma’lum muddatga blokladi. Sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan sudya Ellison Berrouz 29 may, payshanba kuni shunday hukm chiqardi.
Berrouzning qayd etishicha, bunday qaror «status-kvoni saqlab qolish»ga yordam beradi. Biroq, ish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilingani yo‘q, deb ta’kidlaydi OAV.
Shunday qilib, Oq uy universitetga Student and Exchange Visitor Program (SEVP) dasturini amalga oshirishga ruxsat beruvchi sertifikatni hali bekor qila olmaydi.
AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem 22 may kuni Harvard universitetini «zo‘ravonlik, antisemitizmni rag‘batlantirish va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan muvofiq ishlashda» ayblab, SEVP sertifikatini bekor qilishni buyurdi.
Mavzuga oid

14:51 / 29.06.2025
Serbiyada talabalar norozilik namoyishlari vaqtida tartibsizlik ro‘y berdi. O‘nlab odam hibsga olindi

17:49 / 08.06.2025
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi

16:03 / 07.06.2025
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi

11:26 / 07.06.2025