Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadlarini vatanga olib kelish uchun turli aksiyalar o‘tkazilmoqda. Migratsiya agentligi agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etsa, uning jasadi Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olib kelinishini eslatib o‘tdi.

Foto: Freepik
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xorijda vafot etgan vatandoshlar jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun turli pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazayotgan firibgarlardan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va vafot etgan vatandoshlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda. Ularning tarqatayotgan ma’lumotlari orqali fuqarolar aldanib, plastik kartalarga pul o‘tkazib beryapti.
«Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yo‘l — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yurtga olib kelinadi.
Murojaat uchun (71) 202 33 55, 1282 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki @huquqiy_yordam_uzbot Telegram botiga xabar yo‘llash mumkin.
Mavzuga oid

20:37 / 14.07.2025
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

07:01 / 07.07.2025
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi

09:43 / 16.06.2025