Chet elliklar Rossiyaga kirish rejalari haqida uch kun oldin xabar berishi kerak
Ariza chet elliklar uchun Davlat xizmatlari portalining muqobili bo‘lgan RuID mobil ilovasi orqali to‘ldiriladi. Qoidalar 30 iyundan kuchga kiradi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya bilan vizasiz rejim o‘rnatilgan mamlakatlar fuqarolari (shu jumladan O‘zbekiston ham) bundan buyon mamlakatga oldindan ogohlantirmasdan kira olmaydi. Bunday qoidalar 30 iyundan kuchga kiradi, deb xabar berdi Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk.
Uning aniqlik kiritishicha, xorijliklar o‘z rejalari haqida uch kun oldin xabar berishi kerak bo‘ladi. «Fuqarolar, shu jumladan, mehnatga layoqatsiz yoki voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillari, rejalashtirilgan sayohatdan kamida 72 soat oldin elektron ariza to‘ldirishi kerak», dedi Volk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat tezkor davolanish, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindoshining o‘limi kabi holatlarda shoshilinch kirishga muhtoj bo‘lganlar uchun istisno qilinadi.
Bunday hollarda kamida 4 soat oldin tasdiqlovchi hujjatlar bilan bildirishnoma yuborish mumkin.
Ariza chet elliklar uchun Davlat xizmatlari portalining muqobili bo‘lgan RuID mobil ilovasi orqali to‘ldiriladi. U yerda Rossiyaga kirgan har bir shaxsning raqamli profili saqlanadi.
Mavzuga oid

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

19:07 / 30.06.2025
Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi

18:27 / 30.06.2025
YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirdi

14:57 / 30.06.2025