Peterburgda xorijliklarga taksichi va kurer sifatida ishlash taqiqlanishi mumkin
Gubernatorning tegishli qarori korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish uchun e’lon qilindi.

Foto: Aleksandr Oshchepkov
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati patentga ega mehnat migrantlariga kurer va taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlashni reja qilmoqda. Gubernatorning tegishli qarori korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish uchun e’lon qilindi, deb xabar berdi «Fontanka».
Qarorda mehnat patentiga ega bo‘lgan xorijliklarni 2025 yildan boshlab taksi xizmatlari va haydovchi bilan avtomobil ijarasi hamda kurerlik yetkazib berish xizmatlariga jalb qilishni taqiqlash taklif qilingan. Taqiq Peterburgdagi barcha kompaniya va tashkilotlarga tegishli. Mehnat va bandlik qo‘mitasi keyinroq taqiqni 2026 yilgacha uzaytirish bo‘yicha taklif kiritishi mumkin, deyiladi loyihada. Talablar qonun kuchga kirganidan keyin 3 oy ichida bajarilishi shart.
Mehnat patenti barcha chet elliklar uchun majburiy emas. YeOII davlatlaridan (Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) kelgan migrantlar, yashash uchun ruxsatnoma yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan chet elliklar, qochqin maqomiga ega bo‘lganlar va boshqalar patensiz ishlashi mumkin.
Qaror loyihasiga kurerlarga nisbatan yangi talablar ham kiritilgan:
- Skuterlar, elektr velosipedlar va shaxsiy harakatlanishning boshqa vositalarini haydashda tezlikni 15 km/soatdan oshirish taqiqlanadi;
- Ayrim hududlarda kurerlarning harakati cheklanadi; ularning ro‘yxati transport qo‘mitasi tomonidan tayyorlanadi;
- Cheklangan hududlarda harakat texnik vositalar bilan to‘sib qo‘yiladi;
- Kurerlardan geolokatsiyani kuzatish uchun mobil qurilmalar bo‘lishi talab qilinadi;
- Shuningdek, ularga identifikatsiya raqamlari beriladi, ular kiyimlari, sumkalari va transportida ko‘rsatiladi;
- Transport qo‘mitasi kurerlarning tashqi ko‘rinishiga talablarni belgilaydi; ish beruvchilar ularning bajarilishini nazorat qilishlari shart;
- Shuningdek, kurerlarning shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan identifikatsiya raqamlari bilan reyestr tuziladi.
Rossiyaning bir qator hududlarida chet el fuqarolarini taksi va kurerlik xizmatlari sohasida patent bilan ishlashga cheklovlar joriy etilgan. Ushbu chora-tadbirlar Rossiya fuqarolarini ustuvor ishga joylashtirish va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgani ta’kidlangan. Biroq, shu vaqtgacha bunday cheklovlar Moskva va Sankt-Peterburgda joriy qilinmagan edi.
Mavzuga oid

16:41
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi

15:14
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda

14:11
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

13:46