Netanyahu: Isroil AQSh taklif qilgan sulhga rozi bo‘lishga tayyor
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish muddati 60 kunni tashkil etadi. HAMAS yetakchilari hozircha ushbu taklifni rad etmadi, ammo uning mazmunidan «hafsalasi pir bo‘lganini» bildirdi.

Foto: Reuters
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu garovdagilarning oilalariga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSh taklif qilgan bitimni qabul qilishga tayyorligini aytdi.
Shu bilan birga, isroillik yuqori martabali amaldorlarning ma’lum qilishicha, HAMAS bitimga rozi bo‘lmasligi mumkin, chunki u Isroil zimmasiga o‘t ochishni faqat vaqtincha to‘xtatish majburiyatini yuklaydi.
Axios jurnalisti Barak Ravidning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu muddat 60 kunni tashkil etadi. HAMAS shundan keyin Isroil xuddi martdagi kabi G‘azoda yana jangovar harakatlarni boshlashi mumkinligidan xavotirda.
Ravidning manbalarini aytishicha, HAMAS yetakchilari hozircha rejani rad etmagan, faqat uning mazmunidan «hafsalasi pir bo‘lganini» bildirgan.
O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rejani AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff ishlab chiqmoqda. Uning tafsilotlari ma’lum emas; umuman olganda u Isroil tomonidan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va falastinlik mahbuslarni ozod etishni nazarda tutadi. Buning evaziga HAMAS garovdagi isroilliklarni ozod etadi, halok bo‘lgan garovdagilar jasadlarini qaytaradi.
Isroil G‘azo sektoridagi hujumlarini mart o‘rtalarida, tomonlar oldingi tinchlik sulhini uzaytirishga kelisha olmaganidan keyin qayta boshlagandi. May o‘rtalarida jangovar harakatlar jadalligi kuchaydi. Isroil zarbalari oqibatida ba’zi kunlari o‘nlab odam halok bo‘ldi. Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada jangovar harakatlar tufayli Isroilga sanksiyalar bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid

07:26
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi

23:02 / 28.06.2025
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi

17:38 / 28.06.2025
Uzbekistan Airways 1 iyuldan Isroilga parvozlarni tiklaydi

08:40 / 28.06.2025