Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi
Zhongtong rusumli avtobuslarning 12 tasi hozirda viloyatga olib kelingan. Qolgani iyun oxiriga qadar yetkaziladi.

Foto: Transport vazirligi
Buxoro viloyati uchun Xitoydan zamonaviy Zhongtong avtobuslari xarid qilindi, deb xabar beradi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy harakat tarkiblari (yangi avtobuslarni) olib kelish ishlari davom etmoqda.
Buxoro viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Progress mega trans korxonasi joriy yilning yanvar oyida XXR Zhongtong Bus Holding Co. Ltd kompaniyasi bilan 24 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
Birinchi bosqichda avtobuslardan 12 tasi 27 may kuni Buxoro shahriga olib kelindi. Qolgan 12 ta avtobus iyun oyining yakuniga qadar yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabrida Transport vazirligi Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelingani, yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobus keltirilishini ma’lum qilgan edi. Joriy yil fevralda esa Toshkentga 1000 ta Yutong avtobuslari olib kelinishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid

17:24 / 03.07.2025
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

15:04 / 29.06.2025
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15:06 / 27.06.2025