Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi
Respublikaga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Navoiy» chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, fuqaro o‘z tanasining bel qismiga oldindan yashirib olingan 100 dona «Aktovegin» nomli dori vositalari borligi fosh etildi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida «Dorilar va farmatsevtika faoliyat haqida» qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

12:37
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

11:06
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

16:44 / 09.07.2025