Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda ayanchli YTH: ota va uning farzandi halok bo‘ldi
27 may kuni Angren shahrida mast haydovchi yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodalar – ota va uning 2 farzandini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi.

Foto: Shutterstock
Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27 may kuni Toshkent viloyati Angren shahrida 2 kishining hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli avariya yuz berdi.
27 may 20:30 larda Angren shahar «Navbahor» MFY hududida mast haydovchi «Matiz» avtomobilida yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodalar – ota va uning 2 farzandini urib yuborgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.
Manbaga ko‘ra, YTH oqibatida ota voqea joyida, uning voyaga yetmagan farzandi esa 28 may kuni ertalab shifoxonada vafot etgan. Oilaning yana bir voyaga yetmagan farzandi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
«Oila uchun juda og‘ir vaziyat, hamma qayg‘uda. PPX xodimlari haydovchini ushlagan» deya Kun.uz'ga xabar berdi fojiadan xabardor fuqarolardan biri.
YHXX axborot xizmati Angrenda shunday fojia bo‘lganini Kun.uz'ga tasdiqladi. Lekin hodisaning boshqa tafsilotlarini ochiqlamadi.
Mavzuga oid

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

09:16 / 13.07.2025
Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini mashinada qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

15:36 / 09.07.2025
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi

15:24 / 09.07.2025