17 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda ofisini ochishni rejalashtirmoqda
Growth Point forumi yakunlariga ko‘ra, 17 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan xalqaro «Growth Point : O‘zbekiston raqamli biznes uchun» forumi bo‘lib o‘tdi.
Uch kunlik tadbir mintaqaning raqamli dunyosi uchun muhim voqeaga aylandi va MDH davlatlari hamda boshqa mintaqalardan yetakchi IT kompaniyalar, BPO sektor vakillari, raqamli agentliklar, gamedev va kreativ studiyalarining 160 dan ortiq vakillarini birlashtirdi.
Forum O‘zbekistonning texnologik markaz sifatidagi mavqeyini yana bir bor tasdiqlab, biznesni mahalliylashtirish, eksport va xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.