O‘zbekiston | 10:40 / 28.05.2025
2047
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi

Talabalarning umumiy soni 1,4 mln nafarni tashkil etdi. 

O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi. 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 mln 168,5 ming nafarga yoki 5,4 barobarga oshgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

  • 2015-2016 o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;
  • 2016-2017 o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;
  • 2017-2018 o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;
  • 2018-2019 o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;
  • 2019-2020 o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;
  • 2020-2021 o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;
  • 2021-2022 o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;
  • 2022-2023 o‘quv yili boshiga – 1 mln 042,1 ming nafar;
  • 2023-2024 o‘quv yili boshiga – 1 mln 314,5 ming nafar;
  • 2024-2025 o‘quv yili boshiga – 1 mln 432,8 ming nafar.

Mavzuga oid