Jahon | 16:26 / 27.05.2025
27861
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

Global shaharlar indeksi Almatini Markaziy Osiyoning eng oldi shahri deb topdi. Ostona ikkinchi, Toshkent uchinchi o‘rinda.

Almati / Foto: gov.kz

Qozog‘istonning Almati shahri Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shahar deb topildi. Bu Global Cities Index 2025 reytingidan ma’lum bo‘lmoqda.

Reytingda baholash besh toifadagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilgan: iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, ekologiya va boshqaruv.

Dunyoning 1000 ta eng yaxshi shahri ro‘yxatida Almati 258-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, inson kapitali toifasida shahar 64-o‘rinda qayd etildi. Ayni paytda Qozog‘istonning sobiq poytaxti Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent umumiy reytingda 471-o‘rinda qayd etildi (Iqtisodiyot bo‘yicha 558-o‘rin, inson kapitali bo‘yicha 123-o‘rin, hayot sifati bo‘yicha 565-o‘rin, ekologiya bo‘yicha 872-o‘rin, boshqaruv bo‘yicha 840-o‘rin). Bu Markaziy Osiyo bo‘yicha uchinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Amerikaning Nyu-York shahri dunyodagi eng yaxshi shahar deb topildi. Kuchli uchlikka London va Parij ham kiritilgan.

Markaziy Osiyoning eng yaxshi shaharlari:

- Almati (umumiy reytingda 258-o‘rin);

- Ostona (276-o‘rin);

- Toshkent (471-o‘rin);

- Bishkek (498-o‘rin);

- Chimkent (534-o‘rin);

- Ashxobod (623-o‘rin);

- Dushanbe (683-o‘rin).

Dunyoning eng yaxshi shaharlari (top 10):

- Nyu-York (AQSh);

- London (Buyuk Britaniya);

- Parij (Fransiya);

- San-Xose (AQSh);

- Sietl (AQSh);

- Melburn (Avstraliya);

- Sidney (Avstraliya);

- Boston (AQSh);

- Tokio (Yaponiya);

- San-Fransisko (AQSh).

Mavzuga oid