Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Yelisey saroyi buni «fitna nazariyotchilari e’tiboriga tushishiga arziydigan hodisa emas», deb hisobladi.

Foto: Videodan kadr
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasi Brijitdan tarsaki yedi.
Hodisa Fransiya prezidenti samolyotining eshigi ochilgan vaqtda yuz berdi. Videolavhada Makron yuziga tarsaki tushirilgani ko‘rinadi. Birozdan keyin prezident va birinchi xonim xotirjam holda samolyotdan tushib keladi.
Yelisey saroyining ta’kidlashicha, Makron va uning rafiqasi shunchaki «hazillashishga qaror qilgan», bu ularning rasmiy tadbir oldidan «xotirjam bo‘lib olish usuli» hisoblanadi. Liberation xabariga ko‘ra, Yelisey saroyi buni «fitna nazariyotchilari e’tiboriga tushishiga arziydigan hodisa emas», deb hisoblaydi.
Mavzuga oid

07:31 / 27.06.2025
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

13:41 / 26.06.2025
Fransiyaga to‘fon yopirildi. Halok bo‘lganlar bor

19:31 / 24.06.2025
Vetnam mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasini tashkil etadi

23:20 / 21.06.2025