AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina uchun qurol-yarog‘ turlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi
Germaniya kansleri so‘zlariga ko‘ra, endi Ukraina Rossiya hududidagi harbiy pozitsiyalarga zarba berish orqali o‘zini himoya qilishi mumkin.

Foto: Getty images
AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘ning zarba berish masofasiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers WDR kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Ukrainaga inglizlar, fransuzlar, amerikaliklar va biz yetkazib berayotgan qurol-yarog‘larning zarba masofasiga endi hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu endi Ukraina Rossiya hududidagi harbiy pozitsiyalarga zarba berish orqali o‘zini himoya qilishi mumkinligini anglatadi. Ilgari, ma’lum bir nuqtaga qadar buni qila olmas edi», dedi Mers.
Kansler so‘zlariga ko‘ra, endi Ukrainani shunday qurollar bilan ta’minlash zarur.
13 aprel kuni Fridrix Mers Yevropa hamkorlari bilan kelishilgan holda uzoq masofaga zarba beruvchi Taurus raketalarini Kiyevga yetkazish imkoniyatini e’lon qildi. Yevropa rasmiylari bu masalani 9 may kuni Kiyevda 30 ta davlatdan kelgan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yetakchilari yig‘ilishida muhokama qilishi kutilgandi. 17 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya hukumati Taurus bilan o‘z obektlariga zarba berilishini Germaniyaning Kiyev tomonidagi harbiy amaliyotlardagi ishtiroki deb bilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

01:39
NATO Germaniyadan yana 40 ming harbiy xizmatchi so‘ramoqchi - Reuters

00:17
Tramp Zelenskiy va Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

21:26 / 28.05.2025
Rossiya Ukrainaga yangi uchrashuv sanasi va vaqtini taklif qildi - Medinskiy

21:14 / 28.05.2025