O‘zbekiston | 13:07 / 26.05.2025
1475
1 daqiqa o‘qiladi

34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi

O‘zbekistonda 34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 2 610 taga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-25 o‘quv yili boshiga qadar mamlakatda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich 1990-91 o‘quv yili boshiga nisbatan 2 610 taga oshgan. Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni quyidagicha:

  • 1990-91 o‘quv yili boshida — 8 333 ta;
  • 2000-01 o‘quv yili boshida — 9 726 ta;
  • 2010-11 o‘quv yili boshida — 9 806 ta;
  • 2020-21 o‘quv yili boshida — 10 181 ta;
  • 2021-22 o‘quv yili boshida — 10 289 ta;
  • 2023-24 o‘quv yili boshida — 10 750 ta;
  • 2024-25 o‘quv yili boshida — 10 943 ta.

Mavzuga oid