AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
U xitoyliklarga bazaviy stavkasi bo‘yicha qaror qabul qiladigan qo‘mitaning bozor bo‘yicha majlislariga oid ma’lumotlarni sotib kelgan bo‘lishi mumkin.

Foto: REUTERS
The Wall Street Journal Xitoy foydasiga josuslikda ayblanayotgan AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) sobiq iqtisodchisi Jon Rojyersga oid ish tafsilotlarini o‘rgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013 yilda Rojyers FZT forumida ishtirok etish uchun Shanxayga borgan. Tergov versiyasi bo‘yicha Xitoy maxsus xizmatlari agentlari aynan shu yerda birinchi marta u bilan aloqa o‘rnatgan.
O‘zini Xitoy oliy ta’lim muassasalaridan birining aspirant deb tanishtirgan shaxs amerikalikka FZTni o‘rganayotgani va uning ishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi ekanini aytgan. Bir nechta uchrashuvdan keyin Rojyersga aspirant hisobidan Xitoyga tashrif buyurish taklifi berilgan. WSJ’ning qayd etishicha, buning oqibatida yuzaga kelgan voqealar zanjiri 2021 yilda Rojyersning FZTdan ketishiga, joriy yil yanvarda esa unga nisbatan josuslik ayblovi e’lon qilinishiga olib kelgan.
Tergovchilarning ma’lum qilishicha, Jon Rojyers xitoyliklarga FZTning ichki hisobotlariga oid ma’lumotlarni, jumladan, Federal zaxira tizimining bazaviy stavkasi bo‘yicha qaror qabul qiladigan qo‘mitasini bozor bo‘yicha majlislariga bog‘liq ma’lumotlarni pul evaziga taqdim etib kelgan. Ferderal tergov byurosi agentlarining tintuvi natijasida FZT sobiq xodimining Vashingtondagi kvartirasidan 50 ming dollarga yaqin pul topilgan. Ayblanuvchining ayoli, bu pullar unga tegishli ekani ta’kidlamoqda, Rojyersning o‘zi esa josuslik borasidagi ayblovlarni rad etyapti.
FZT sobiq iqtisodchisining advokatlari hukumatning ko‘plab aylovlari yetarlicha asosga ega emasligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, Rojyersda pul-kredit siyosatiga ta’sir ko‘rsatadigan FZTning maxfiy ma’lumotlaridan foydalanish uchun ruxsat bo‘lmagan. Sobiq xodimga nisbatan sud ishi joriy yilda boshlanishi kerak. Agar Rojyers iqtisodiy josuslikda aybdor deb topilsa, u 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

14:45 / 22.05.2025