«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
Sud Abdurahmon Tashanovdan Toshkent davlat yuridik universiteti ikki o‘qituvchisi foydasiga 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqardi. Shuningdek, inson huquqlari faoliga Facebookʼda e’lon qilgan «Sizga achinaman, janoblar!» sarlavhali posti uchun uzr so‘rab, raddiya berish majburiyati ham yuklangan.

Chapdan: Razzoq Altiyev, Abdurahmon Tashanov va Otabek Narziyev
Toshkent davlat yuridik universitetining ikki nafar professor-o‘qituvchisi hamda Inson huquqlari bo‘yicha «Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga oid sud ishida qaror chiqarildi. Huquq himoyachisi buni Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 23 may kuni FIB Mirobod tumanlararo sudi mazkur ish bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari foydasiga Abdurahmon Tashanovdan 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargan. Shuningdek, sud qarori bilan inson huquqlari faoliga Facebookʼda e’lon qilgan «Sizga achinaman, janoblar!» sarlavhali posti uchun uzr so‘rab, raddiya berish majburiyati ham yuklangan. Ish sudya Behzod Sagatov raisligida yopiq tarzda ko‘rib chiqilgan.
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev 2025 yil 28 fevral kuni huquq faoli Abdurahmon Tashanovni Facebookʼda e’lon qilingan post sababli sudga bergandi. Bunga Abdurahmon Tashanovning «Sizga achinaman, janoblar!» nomli posti (o‘sha vaqtda universitet o‘qituvchilarining o‘ziga va faoliyatiga qarshi yozayotgan seriyali maqolalariga javoban) sabab bo‘lgan. O‘qituvchilar ushbu post tufayli qadr-qimmati va ishchanlik obro‘yiga putur yetganini da’vo qilgan.
Razzoq Altiyev va Otabek Narziyev javobgar Abdurahmon Tashanovdan posti bo‘yicha raddiya e’lon qilish, uzr so‘rash va uni o‘chirib tashlash hamda ma’naviy zarar uchun 200 mln so‘m undirishni talab qilishgandi.
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

18:39 / 27.06.2025