Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
«Serbiyaning Yevropa kelajagi u qo‘llab-quvvatlaydigan qadriyatlarga bog‘liq», dedi Belgradda Yevropa Ittifoqining bosh diplomati Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnashganidan so‘ng.

Foto: European Union
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Belgradga tashrifi chog‘ida Serbiya «qayerda bo‘lishni xohlashi» bo‘yicha «strategik, geostrategik» tanlov oldida turganini aytdi. 22 may, payshanba kuni Associated Press agentligi Yevropa Ittifoqi bosh diplomatining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Bryusselning ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirib, 9 may G‘alaba kuni Moskvada o‘tkazilgan harbiy paradda qatnashganidan ikki hafta o‘tgach, Kallas: «Serbiyaning Yevropa kelajagi u qo‘llab-quvvatlaydigan qadriyatlarga bog‘liq», dedi.
Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Vuchichga bu boradagi fikrlarini bildirdi. «Ukrainada bu dahshatli urush olib borayotgan odam bilan nega yonma-yon turishimiz kerakligini tushunmayapman», dedi Kallas. Uning qo‘shimcha qilishicha, Serbiya prezidenti «o‘z versiyasini taqdim etgan».
Kallasning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya siyosiy rahbariyati YeIga kirishni o‘zining strategik maqsadi deb atashda davom etmoqda. Biroq, Bryussel «bu so‘zlarni isbotlaydigan va qo‘llab-quvvatlaydigan harakatlarni ko‘rishni» istaydi, dedi u: «Islohotlar — bu Serbiyaning Yevropa Ittifoqi yo‘lida qanday harakat qilishidir. A’zolikka hech qanday qisqa yo‘l yo‘q. Bu yerda Belgradda haqiqiy taraqqiyotga erishish kerak».
Mavzuga oid

14:05 / 12.06.2025
Serbiya prezidenti urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi

16:24 / 09.06.2025
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

11:22 / 06.06.2025