Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
Uttar-Pradesh shtatida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Ayrim shaharlarda odamlar yashin urishi, boshqalarida esa daraxtlar bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi.

Foto: Getty images
Hindistonda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Times of India.
Qayd etilishicha, Uttar-Pradesh shtatida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Ayrim shaharlarda odamlar yashin urishi, boshqalarida daraxtlar bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Dovul vaqtida shamol tezligi soatiga 60-100 kilometrga yetgan. Prognozlarga ko‘ra, yaqin orada momaqaldiroq kuchayadi, shuningdek, yengil va o‘rtacha yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Hindiston hukumati bir sutka ichida halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Mahalliy ma’muriyat, shuningdek, mol-mulk va qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zararni baholamoqda. Aholiga dovul oqibatida yetkazilgan zarar qoplab beriladi.
News18 India ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 49 kishi, jumladan, yosh bolalar ham halok bo‘lgan. Ko‘plab hududlarda elektr ta’minoti uzilgan, qulagan daraxtlar tufayli yo‘llar yopilib qolgan, mobil aloqa esa ishlamagan.
Shuningdek, nashrning yozishicha, mango hosili ham xavf ostida qolmoqda. Fermerlarga mevalarni yomg‘irdan keyingi nam sharoitda paydo bo‘ladigan zararkunandalardan himoya qilish uchun «o‘z vaqtida choralar ko‘rish» tavsiya qilindi.
Mavzuga oid

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

13:10 / 18.06.2025
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi

21:50 / 17.06.2025
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

21:10 / 13.06.2025