O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban shu haqdagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Budapesht shahrida 20 may kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma, Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo kelishuvlar almashildi.
Mavzuga oid

20:47 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi

15:07 / 20.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi

08:03 / 20.05.2025
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

00:35 / 20.05.2025