O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 20 may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Davlat rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
O‘zbekiston prezidenti 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Mavzuga oid

17:51
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

16:17
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

16:10
Vengriyada saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalar nusxasi Toshkentda namoyish etiladi

19:18 / 04.07.2025