Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
Jinoyat kodeksi 135-moddasiga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.

Foto: Shutterstock
Unga ko‘ra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda sodir etganlik 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutildi.
Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid

00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi

15:18 / 13.04.2025