O‘zbekiston | 11:20
591
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

O‘zbekistonda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, Bolalar saratoni bo‘yicha global tashabbus (GICC), Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida JSST, YUNISEF, Vena xalqaro tibbiyot universiteti va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ushbu voqea bolalar saratoniga qarshi kurashda yangi bosqichni boshlab beradi, tashxis qo‘yish va davolashda multiditsiplinar yondashuvni ta’minlash orqali pediatriya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtiradi.

Milliy strategiya sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishga yo‘l ochadi, kadrlar va infratuzilma salohiyatini mustahkamlaydi, bolalarga barcha darajalarda yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga yagona yondashuvni shakllantiradi.

“Bolalar saratoni bo‘yicha ko‘p tarmoqli strategiya muhim bo‘lib, saraton kasalligiga qarshi kurashda rivojlanishni tezlashtirish va barcha muhim tuzilmalarni birlashtirish uchun jiddiy imkoniyat yaratadi”, dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio. "Bunday jamoaviy yondashuv muhim, chunki bolalar saratoniga qarshi kurash nafaqat hayotlarni saqlab qoladi, balki oilalar va sog‘liqni saqlash tizimiga uzoq muddatli iqtisodiy yukni ham kamaytiradi".

Mavzuga oid