Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
Rahmatulla Nurimbetov mamlakat qiroli Harald V bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokholm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov 15 may kuni mamlakat qiroli Harald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, «yashil» energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Norvegiya o‘rasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov 2024 yil 15 oktabr kuni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Stokholm shahriga bordi va 4 dekabr kuni qirol Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Mavzuga oid

23:10 / 25.07.2025
Hindistonda mavjud bo‘lmagan davlatlar elchisi qo‘lga olindi

13:34 / 24.07.2025
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi elchisi tayinlandi

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

08:14 / 09.07.2025