Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
Bu hajm Turkiyadagi xonadonlarimizni uch yarim yil davomida ta’minlash uchun yetarli, dedi u.

Foto: hurriyet.com.tr
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qora dengizda 75 milliard kub metr gaz zaxirasiga ega gaz koni topilganini ma’lum qildi.
«Kecha, 49 kunlik burg‘ulash va sinovlardan so‘ng biz Go‘ktepe-3 konida 75 milliard kub metr gaz zaxirasini aniqladik. Bu hajm bizning xonadonlarimizni (butun Turkiya bo‘ylab) uch yarim yil davomida ta’minlash uchun yetarli. Zaxiralarning qiymati 30 milliard dollarga baholanmoqda», dedi Erdo‘g‘an Istanbulda so‘zlagan nutqida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qora dengiz gaz konlari hozirda 9,5 milliard kub metr gazdan foydalangan holda 4 million xonadonni gaz bilan ta’minlamoqda. 2028 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 4 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
2021 yil iyun oyida Erdo‘g‘an Qora dengizda 135 milliard kub metr hajmdagi gaz koni topilganini e’lon qildi. Prezident ta’kidlaganidek, Turkiya tomonidan Qora dengizda topilgan gaz konlarining umumiy hajmi shu tariqa 540 milliard kub metrga yetdi.
Mavzuga oid

19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor

17:14 / 14.05.2025
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi

13:49 / 12.05.2025