Jamiyat | 07:49 / 16.05.2025
2238
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar kelib tushmadi.

15 may kuni soat 23:58 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasida  joylashgan vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yong‘inga yetib borib, uni bartaraf etish ishlarini olib borgan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.

Yong‘in soat 01:31 da qurshab olingan, soat 02:48 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar kelib tushmagan.

Mavzuga oid