Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi
Tokio politsiyasi o‘zbekistonlik besh yigitni talonchilikda gumon qilib hibsga oldi. Ulardan to‘rt nafari mamlakatda noqonuniy bo‘lgan.

Foto: TBS NEWS DIG
Tokio politsiyasi Shibuya tumanida o‘g‘irlik va talonchilik sodir etganlikda gumon qilib, 20 va undan katta yoshdagi besh nafar o‘zbekistonlik erkakni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Japan Today NTV telekanaliga tayanib.
Gumonlanuvchilar o‘tgan yilning 30 dekabr kuni ertalab soat 5:30 lar atrofida uch nafar chet ellik bilan mushtlashuv uyushtirish, so‘ngra qiymati 210 ming iyena (taxminan 1500 dollar) bo‘lgan hamyon va sumkalarini o‘g‘irlash bo‘yicha til biriktirganlikda ayblanmoqda. Aytilishicha, ular erkaklardan birining yuziga tepib, tan jarohati yetkazgan.
Politsiya ma’lum qilishicha, to‘rt nafari noqonuniy ravishda Yaponiyada bo‘lgan guruh mast odamlardan o‘g‘irlangan kredit kartalari yordamida sotib olingan smartfonlarni qayta sotish orqali 8 million iyena (55 ming dollar) ishlab topganlikda ham gumon qilinmoqda.
Jinoyatlar o‘tgan yilning avgustidan joriy yilning fevraligacha Shibuya va Shinjuku gavjum hududlarida kamida 10 ta holatda sodir etilgan. Politsiya qo‘lga olinganlarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirmoqda.
Qayd etilishicha, guruh yetakchisi aralash yakkakurash bo‘yicha 21 yoshli jangchi bo‘lishi mumkin. Yaponiya OAV u advokat bilan uchrashmaguncha ko‘rsatma berishdan bosh tortgani haqida xabar berdi. Qolgan to‘rt nafari ayblovlarni rad etgan.
Mavzuga oid

14:21 / 07.06.2025
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda

00:05 / 07.06.2025
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi

21:43 / 04.06.2025
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi

00:44 / 04.06.2025