The Economist: Rossiya muzokaralar vaqtida Xarkiv va Sumi oblastlarini bosib olish bilan tahdid qilgan
«Biz Shvetsiya bilan 21 yil urushganmiz», – degan Medinskiy.

Foto: Kirill Jukov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Rossiya delegatsiyasi Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida Ukrainaning Xarkiv va Sumi oblastlarini bosib olish bilan tahdid qilgan. Bu haqda The Economist muxbiri Oliver Kerroll «vaziyatdan xabardor manbasi»ga tayanib xabar tarqatdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi Ukraina Rossiya tomonidan anneksiya qilingan to‘rtta oblastidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgan taqdirdagina Moskva o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini aytgan.
«Moskva yana ikkita [oblast] – Xarkiv va Sumi oblastlarini bosib olish bilan tahdid qildi», – deb yozadi Kerroll.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Rossiya «urush istamasligi», ammo «bir yil, ikki yil, uch yil – qancha vaqt ketsa ham jang qilishga tayyorligi»ni aytgan. «Biz Shvetsiya bilan 21 yil urushganmiz. Siz qancha uzoq vaqt jang qilishga tayyorsiz?» – degan Medinskiy.
Kerroll Medinskiydan yana bir iqtibos keltirgan: «Ehtimol, bu stol atrofida o‘tirganlar yanada ko‘proq yaqinlarini yo‘qotadi. Rossiya abadiy jang qilishga tayyor».
Rossiya tomoni muzokaralarda Sumi oblatini egallab olish bilan tahdid qilgani haqida avvalroq Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko ham xabar bergandi.
- Muzokaralar yakunlangach, Rossiya va Ukraina tomonlari hech qanday tahdidlar haqida gapirmadi. Medinskiy va Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov tomonlar yaqin kunlarda «1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha harbiy asirlarni almashishga kelishib olganini aytdi.
Mavzuga oid

19:01 / 16.05.2025
Istanbulda Rossiya–Ukraina muzokaralari yakunlandi. Asosiy ma’lumotlar

14:09 / 16.05.2025
Medinskiy Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardagi vazifani aytdi

21:34 / 15.05.2025
Agar Putin kelmagan bo‘lsa, demak, Istanbulda qiladigan ishim yo‘q – Zelenskiy

21:01 / 15.05.2025