Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
Toshkent viloyatida madaniy meros obektlarini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilganda 13 ta yodgorlikka 342 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura xabar berishicha, tekshirishda, xususan, quyidagi noyob arxeologiya yodgorliklariga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlandi:
- Oqqo‘rg‘on tumanida “Zokirtepa” (V–VII asrlar) yodgorligining 1400 metr kub qismi terak ekish uchun qazilishi natijasida 44,6 mlrd;
- “Sanchtepa” yodgorligining 129 metr kub qismi yo‘l ochish uchun tekislanib, 2,2 mlrd;
- Parkent tumanida “Qorovultepa” yodgorligining 941 metr kub qismi va “Yertepa” yodgorligining 23 metr kub qismi buzilib, jami 16,4 mlrd;
- Piskent tumanida “Mingtepa” (miloddan avvalgi V asr) yodgorligining 7000 metr kub qismi buzilib, 231 mlrd;
- Ohangaron tumanida “Dumgalaktepa” (V–VI asrlar) yodgorligining 658 metr kub qismi texnika yordamida qazilib, 21 mlrd;
- Yuqori Chirchiq tumanida “Xojakaytepa” (V–VII asrlar) yodgorligining 43 metr kub qismi tekislanib, 1,3 mlrd;
- O‘rta Chirchiq tumanida “Tuyabo‘g‘iztepa” yodgorligining 54 metr kub qismi buzilib, 1,7 mlrd;
- Nurafshon shahrida “Chordaratepa” (III–VIII asrlar) yodgorligining 38 metr qismi buzilib, 1,2 mlrd so‘m.
Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

17:35 / 28.05.2025
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

20:37 / 26.05.2025