Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
Jomboy tumanida fermer xo‘jaligi vakillari Oqdaryo daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olgani aniqlandi. Zarar miqdori 137 mlrd so‘mdan ortiqqa baholandi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida fermer xo‘jaligi tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qayd etishicha, tumanning «M.T.» fermer xo‘jaligi vakillari Oqdaryo daryosidan noqonuniy ravishda ekskavator va yuk mashinalari vositasida qum-shag‘al aralashmasi qazib olgan.
Oqibatda tabiatga 137 milliard 472 million 370 ming 649 so‘m zarar yetkazilgan. Bu – Markaziy bankning bugungi kursida 10 mln 590 ming dollardan ortiqni tashkil etadi.
Holat yuzasidan ekskavator va ikkita yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Mavzuga oid

10:24
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi

15:05 / 30.04.2025
Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi

13:36 / 29.04.2025
O‘zbekistonda Ekologiya kodeksi qabul qilinadi

19:14 / 18.04.2025