Iqtisodiyot | 14:30 / 14.05.2025
881
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi aytildi

Pokiston ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning 2024 yilda Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari dinamikasiga bag‘ishlangan turkum maqolalar e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Jumladan, ushbu mamlakatning Pakistan in the World jurnali, Media Today axborot agentligi, Daily Big Digit va NewsLark gazetalari, The AZB, The Gulf Observer, The Europe Today va World News onlayn platformalarida O‘zbekistonning 2024 yil Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari dinamikasiga bag‘ishlangan "Infografika: O‘zbekistonning 2024 yildagi Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Pokiston nashrlari so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini, 2016-2024 yillarda o‘zaro savdo hajmi 2,5 barobarga, eksport 2,3 barobarga, import esa 2,9 barobarga oshganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, birgina 2024 yilda bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari tovar aylanmasining umumiy hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etgan.

"O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlariga asosan elektroenergiya, neft mahsulotlari, transport xizmatlari, dukkaklilar va un eksport qilib, ulardan farmatsevtika mahsulotlari, mashina va uskunalar, qoramol go‘shti, kimyoviy va to‘qimachilik mahsulotlar, tayyor kiyim-kechak sotib oladi", – deyilgan nashrlarda.

Pokiston OAV, shuningdek, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, Afg‘oniston, Hindiston va Pokiston O‘zbekistonning Janubiy Osiyodagi asosiy 3 ta yirik savdo hamkori bo‘lib turgani haqida yozgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 2024 yilda Afg‘oniston bilan savdosi 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mintaqa mamlakatlari bilan umumiy savdo hajmining 41 foiziga teng. Hindiston bilan savdo aylanma hajmi 981 million dollarga yetgan.

"O‘zbekistondan Pokistonga eksportning asosiy pozitsiyalarini oziq-ovqat sanoat, xizmatlar, to‘qimachilik xomashyosi, ipak va kimyo mahsulotlari, importni esa kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, qimmatbaho bo‘lmagan metallardan tayyorlangan buyumlar, mashina va uskunalar, transport xizmatlari tashkil etmoqda", – deb yozgan Pokiston OAV.

Mavzuga oid