O‘zbekiston | 00:26
6767
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

Madaniyat vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Omonulla Solihov Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Omonulla Solihov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi

Omonulla Solihov

Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimida 2022 yildan beri Abbosjon Mirzorahimov faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Shuningdek, madaniyat vaziri maslahatchisi Shavkat Ortiqov O‘zbekistonning Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotidagi (TURKSOY) vakili lavozimiga tayinlangan.

Shavkat Ortiqov

Madaniyat vazirligining Teatr, sirk va kinematografiya san’atini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga esa Shohruxmirzo Qodirov tayinlangan.

Mavzuga oid