O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
“Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Bugun, 13 may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarning dastlabki guruhi Hajga tomon yo‘lga chiqdi.
Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘ldi.
Shunday qilib, “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid

08:34
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

20:07 / 12.06.2025