O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Poytaxtda O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishga Slovakiya iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Vladimir Shimonek va O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov raislik qildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy hamkorlik alohida e’tibor markazida bo‘ldi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmida o‘sish qayd etildi va tomonlar energetika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalardagi savdoni kengaytirishga bo‘lgan qiziqishlarini tasdiqladilar.
Qo‘shma ko‘rgazmalar, forumlar va biznes-missiyalarni tashkil etish, Slovakiya Eksport banki orqali eksport operatsiyalarini moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish hamda imtiyozli kreditlashni joriy etish yuzasidan kelishib olindi.
Yig‘ilishda energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, geologiya-qidiruv ishlari, kamyob va noyob yer minerallarini qazib olish va qayta ishlashni o‘z ichiga olgan muhim xomashyo materiallari sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Transport va avtomobilsozlik sohasida, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, raqamlashtirish, moliya va soliq sohasi, mehnat migratsiyasi, tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi, standartlashtirish, metrologiya, gidrometeorologiya hamda boshqa texnik va ilmiy yo‘nalishlardagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlashga kelishildi.
Yig‘ilish yakunida erishilgan kelishuvlarni o‘z ichiga olgan yakuniy bayonnoma imzolandi va Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi Bratislavada o‘tkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi.
Mavzuga oid

14:03
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rag‘batlantiriladi

14:39 / 24.06.2025
Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi

18:02 / 23.06.2025
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi

12:40 / 23.06.2025