«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Kataloniyaliklar mavsum davomidagi to‘rtinchi klasikoda ham ustun keldi.

La Liga. 35-tur
«Barselona» – «Real» 4:3
Gollar: Garsiya (19), Yamal (32), Rafinya (34, 45) – Mbappe (5 penalti, 14, 70).
«Barselona»: Shchesni, Garsiya (Fort, 78), Kubarsi (Kristensen, 58), Martines, Martin (Balde, 58), De Yong, Pedri, Olmo (Lopes, 78), Yamal, Rafinya, Ferran (Gavi, 89).
«Real»: Kurtua, Vaskes (Endrik, 84), Asensio, Chuameni, Garsiya, Valverde, Sebalos (Modrich, 46), Guler (Dias, 46), Bellinghem, Vinisius (Munos, 88), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Valverde (29), Chuameni (36), Asensio (50), Martines (54), Lopes (80), Pedri (87).
11 may kuni Ispaniya chempionatida 35-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Peshqadam «Barselona» ikkinchi o‘rindagi «Real»ni qabul qildi.
Chempionlar ligasi yarimfinalida «Inter»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Hans-Diter Flik shogirdlarini butunlay La Ligaga qaratishi mumkin edi. Mavsum yakuniga to‘rt tur qolganida ikkinchi o‘rindagi «Real» bilan oradagi to‘rt ochkolik farq qisqarmasligi uchun bu o‘yin muhim ahamiyatga ega edi. Agar bu o‘yinda mag‘lubiyatga uchralsa, oradagi farq bir ochkogacha qisqargan bo‘lardi.
«Real» futbolchilari uchun esa birinchi navbatda Karlo Anchelottining so‘nggi «klasiko»sida munosib ishtirok etishni ko‘zlab maydonga tushgandi – italiyalik mutaxassis mavsum yakunida Madridni tark etadi va Braziliya milliy jamoasi boshqaruvini qo‘liga oladi. Qolaversa, jamoa hali chempionlik poygasini butunlay tark etmagandi. Shunday ekan, ikki jamoada ham o‘yin uchun ishtiyoq yetarli darajada edi.
Futbolchilar ilk daqiqalardan hujumkor futbol namoyish etishdi va mehmonlar hujumchisi Kilian Mbappe 14 daqiqa ichida dublni rasmiylashtirdi. Lekin kataloniyaliklar o‘z odatiga ko‘ra birinchi bo‘limning o‘zidayoq kambek amalga oshirdi, Garsiya va Yamal bittadan, Rafinya esa ikkita gol urib, hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi, Ferran Torres 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hisobga qarab o‘ynadi va raqib bo‘shashganidan foydalanib, Mbappe het-trikka erishdi. Bundan tashqari,
Yakunda Flik jamoasi g‘alabali hisobni ushlab qoldi va
joriy mavsumdagi 4-klasikoda ham g‘olib bo‘ldi va amalda chempionlik masalasini hal qildi.
Endilikda Kataloniya klubi ochkolari sonini 82 taga yetkazib, mavsum yakuniga 3 ta tur qolganida «Real»dan (75) 7 ochkoga o‘zib ketdi. Kelasi turda «Espanyol»ga qarshi kechadigan o‘yindagi g‘alaba «Barsa»ni muddatidan avval chempionga aylantiradi.
Mavzuga oid

14:01
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025