AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi
AQSh Davlat departamenti Ukraina hukumatiga 310,5 million dollarga F-16 samolyotlari va tegishli jihozlarni sotishni ma’qulladi.

Foto: AP
AQSh Davlat departamenti Ukraina hukumatiga F-16 qiruvchi samolyotlari va tegishli jihozlarni 310,5 million dollarga (274,7 million yevro) sotish imkoniyatini tasdiqladi. AQSh Mudofaa vazirligining Mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi zarur sertifikatlarni taqdim etdi va AQSh Kongressini xabardor qildi. Bu haqda agentlik 2 may, juma kuni xabar berdi.
To‘plamga havo kemalarini modifikatsiyalash va modernizatsiya qilish xizmatlari, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun xodimlarni o‘qitish, ehtiyot qismlar, yerustida xizmat ko‘rsatish uskunalari, dasturiy ta’minot, texnik hujjatlar va boshqa tegishli logistika elementlari kiradi.
Taklif etilayotgan sotuv Ukrainaning uchuvchilarni samarali o‘qitish va AQSh bilan o‘zaro hamkorlikni oshirish orqali joriy va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi, deya ma’lum qildi agentlik.
Asosiy pudratchilar orasida Valiant Integrated Services, Top Aces Corporation, Lockheed Martin Aeronautics, Pratt and Whitney, Snap-on Inc., BAE Systems Inc., AAR Corporation va Comsetra LLC kompaniyalari bor.
Ehtimoliy sotuv «mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmaydi», deb hisoblaydi AQSh.
Mavzuga oid

19:41 / 25.05.2025
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti

17:29 / 25.05.2025
Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvini yakunladi

14:00 / 25.05.2025
«Ukraina uchun yana bir qo‘rqinchli tun». Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi

19:32 / 24.05.2025