Jahon | 11:51 / 02.05.2025
1921
2 daqiqa o‘qiladi

YeI AQSh Kiyev bo‘yicha muzokaralardan chiqishi ehtimoli yuzasidan reja tayyorlamoqda

Yevropa AQSh Ukrainadagi urushda vositachilik qilishdan bosh torsa, Yevropa zaxira rejasini ishlab chiqmoqda, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas. Yevropa Ittifoqi Tramp Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan kelishuvga erishishidan xavotirda.

Foto: Samir Jordamovic/Anadolu/picture alliance

Yevropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi tinchlik muzokaralaridan chiqib, Moskvaga yaqinlashgan taqdirda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish uchun «B rejasi»ni ishlab chiqmoqda, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Londonning The Financial Times (FT) gazetasida 1 may, payshanba kuni chop etilgan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa AQSh «Ukrainani tark etishi» va Rossiya bilan kelishuvga erishishga harakat qilishi mumkinligidan xavotirda, chunki muzokaralar jarayoni o‘ta og‘ir bo‘lib chiqdi. Kallasning ta’kidlashicha, «B rejasi» Vengriya iyul oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini uzaytirishga to‘sqinlik qilsa ham, Rossiyaga iqtisodiy bosimni davom ettirishga qaratilgan. «B rejasi» ham bor, lekin biz «A» rejasi ustida ishlashimiz kerak, chunki aks holda siz «B rejasi»ga e’tibor qaratasiz, keyin esa bu haqiqatga aylanadi», deb tushuntirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari hamda AQSh va boshqa sheriklar bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini saqlab qolish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini qo‘shimcha qildi.

Bir qator Yevropa poytaxtlari AQSh Ukrainani «tashlab qo‘ysa» va Rossiya bilan munosabatlarni tiklasa, unga ergashish kerakmi yoki yo‘qligini muhokama qilmoqda. Ular endi «Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lmaydi», dedi Kaya Kallas. U buni yolg‘on umid deb atadi va Kreml Rossiya yalpi ichki mahsulotining to‘qqiz foizdan ortig‘ini harbiy sohaga sarflayotganini va «yana undan foydalanishni xohlashini» ta’kidladi.

Mavzuga oid