Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Denov tumanida bir guruh fuqarolar YPX xodimlariga qarshilik qilib, janjal ko‘targani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevning «Daryo» so‘roviga javoban aniqlik kiritishicha, haydovchi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandini buzib, qarama-qarshi bo‘lakdan harakatlanib kelgan avtomashinaga yo‘l bermasdan harakatlangani uchun xodim Lacetti’ni to‘xtatgan. Inspektor haydovchi hujjatlarini so‘raganida taqdim etmasdan qarindoshlari bilan xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida uch nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Ushlanganlarning ikki nafari ayol kishi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

11:20 / 02.05.2025