O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
O‘zbekiston TIV rahbarining maslahatchisi Avstriya elchisi bilan viza tartibini soddalashtirish, texnik va grant yordami hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova Avstriya elchisi Matias Radostich bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan, siyosiy muloqot, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sarmoyaviy loyihalar, ta’lim dasturlari, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar viza tartibini soddalashtirish, texnik va grant yordami hajmini oshirish, ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv ishtirokchilari munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etib, hamkorlikni, jumladan, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar doirasida yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mavzuga oid

22:37 / 29.06.2025
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi

23:12 / 24.06.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

20:12 / 23.06.2025
Fors ko‘rfazi davlatlari «arab shengeni» joriy qiladi

14:46 / 20.06.2025