Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi
Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari MIB vakilining ishtirokisiz ulanadi, ro‘yxatga olinadi va plombalanadi.

Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari»
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining «Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Endilikda energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari Majburiy ijro byurosi vakilining ishtirokisiz ulanadi, ro‘yxatga olinadi va plombalanadi.
Energiya resurslarini hisobga olish priborlari o‘rnatilgandan va ulangandan keyin yetkazib beruvchining va iste’molchining vakolatli xodimi ishtirokida priborni o‘rnatish to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

12:47
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

09:20 / 27.06.2025
Rossiyada gaz quvuridan yashirinib o‘tgan askarlarda saraton aniqlangani ma’lum qilindi

13:06 / 25.06.2025