Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi
Amerika rahbari yana bir bor ta’kidladiki, agar Pekin evaziga «qandaydir muhim narsani taklif qilmasa», Xitoy uchun tariflar pasaytirilmaydi.

Foto: REUTERS
AQSh importiga yangi bojlarning o‘rnatilishiga joriy qilingan moratoriy yana 90 kunga uzaytirilishi dargumon, dedi prezident Donald Tramp jurnalistlarga.
«Buning ehtimoli kam», deb javob berdi Tramp bu boradagi savolga.
«Biz bitimlar tuzamiz. (...) Boshqacha qilib aytganda, biz faqat tarif belgilaymiz va bu oqilona, juda oqilona bo‘ladi. Va bu kelishuvning oxiri bo‘ladi», dedi AQSh prezidenti.
Amerika rahbari yana bir bor ta’kidladiki, agar Pekin evaziga «qandaydir muhim narsani taklif qilmasa», Xitoy uchun tariflar pasaytirilmaydi.
9 aprel kuni Tramp ushbu masala bo‘yicha muloqot talab qilgan 75 dan ortiq davlat uchun import tariflarini oshirishni 90 kunga to‘xtatishga qaror qildi.
Shundan so‘ng AQSh prezidenti Xitoy tovarlariga qo‘ygan 145 foizlik bojlar juda yuqori ekanligini tan oldi va Pekin bilan savdo kelishuviga erishgandan so‘ng ularni kamaytirishga va’da berdi.
Mavzuga oid

00:45
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

23:33 / 06.06.2025
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

22:08 / 06.06.2025
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

19:40 / 06.06.2025