Jahon | 11:31
1879
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

Kelishuv juda yaqin, endi ikkala tomon ham ishni yakunlash uchun eng yuqori darajada uchrashishi kerak, deb ta’kidladi u.

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp 25 aprel Rossiya-Ukraina muzokaralari va uchrashuvlari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi.

«Ular kelishuvga juda yaqin, endi ikkala tomon ham ishni yakunlash uchun eng yuqori darajada uchrashishi kerak. Asosiy fikrlarning aksariyati allaqachon kelishildi», deb yozdi AQSh prezidenti Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

«Hoziroq qon to‘kilishini to‘xtating. Biz bu shafqatsiz va ma’nosiz urushni tugatishga yordam berish uchun qayerda kerak bo‘lsa, shu yerda bo‘lamiz!», deb qo‘shimcha qildi Tramp.

25 aprel kuni Trampning elchisi Stiv Uitkoff Moskvada Vladimir Putin bilan navbatdagi, to‘rtinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv uch soat davom etgan va «nafaqat Ukraina, balki boshqa bir qator xalqaro masalalar bo‘yicha ham Rossiya va AQSh pozitsiyalarini yanada yaqinlashtirish imkonini bergan». Tomonlar Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash imkoniyatlarini muhokama qildi, deb qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid