Jahon | 09:32
2300
2 daqiqa o‘qiladi

Shifokor gazli ichimlik suyaklar va qon tomirlari uchun zararli ekanini aytdi

​​​​​​​Shuningdek, ichimlikdagi ko‘p miqdordagi shakar giperglikemiyani - asabiylashish, charchoq va tashvish holatini qo‘zg‘atishi mumkin.

Foto: iStock

Shirin gazlangan ichimliklar suyaklarni mo‘rtlashtirishi mumkin, chunki ular tarkibida kalsiyni yuvadigan ortofosfor kislotasi mavjud. Bu haqda «Moskva 24» nashriga diyetolog Yelena Solomatina ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, ayniqsa, keksalar va bolalar uchun xavflidir. Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, ichimlikdagi ko‘p miqdordagi shakar giperglikemiyani - asabiylashish, charchoq va tashvish holatini qo‘zg‘atishi mumkin. Shu sababli, miya shakarning qo‘shimcha dozasini talab qilishi mumkin.

«Agar shakar bilan ta’minlangan energiya to‘liq sarflanmasa, yog‘ to‘qimalari hosil bo‘ladi. Hujayralar shakarni o‘tkazishni to‘xtatadi, shuning uchun u qon oqimi orqali aylana boshlaydi va tomirlarga uriladi. Shikastlangan joylarda zararli xolesterin to‘planadi, u quyqa va tromblarga sabab bo‘lishi mumkin», dedi Solomatina.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gazlangan ichimliklar mikrobiomaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va himoya funksiyalarini kamaytiradi. Xatarlardan qochish uchun shifokor uni toza ichimlik suvi bilan almashtirishni maslahat berdi.

Mavzuga oid