Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi
Numon Qurtulmush bilan suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston-Turkiya aloqalari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

Foto: Oliy Majlis Senati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Anqaraga tashrifi doirasida Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numon Qurtulmush bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston-Turkiya aloqalari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Parlamentlar davlatlararo hamkorlikni chuqurlashtirishda tobora faol ishtirok etayotgani qayd etildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati muhimligi, shuningdek, tegishli qo‘mitalar va do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar va hududlararo tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi. Turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida hamkorlik Bayonnomasi imzolandi.
Ushbu hujjat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘zaro tajriba almashishi, qonunchilik jarayonida yaqindan hamkorlik qilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shu tariqa umumiy manfaatlarga xizmat qiluvchi sohalarda – siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, yoshlar va sport yo‘nalishlarida yanada faol va tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, balki butun mintaqada barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim diplomatik qadamdir.
Shu kunning o‘zida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan kitoblar va nashrlar taqdim etilgan parlament kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirib, ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid

21:49
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

12:15
Xalqaro arbitraj Turkiya tekstil kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik da’vosini rad etdi

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

19:01 / 23.04.2025