Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
Qibray tumanining Bo‘ston mahallasida beton ariqchalar yotqizish uchun yo‘l chekkasi kovlanyapti. E’tiborlisi, ariq naq ishlab turgan suv tarmog‘ining ustiga yotqizilyapti: eskirgan, ayrim joylari yorilgan quvurlarning ustiga. Qazish jarayonida ham eski quvurlarga shikast yetkazilgan. Ertaga quvur yorilsa, ta’mirlash uchun yap-yangi beton ariqni yorishga to‘g‘ri keladi.

Foto: Kun.uz
Qibray tumanidagi Chinobod qishlog‘i, Bo‘ston mahallasida bo‘lgan Kun.uz muxbiri qiziq manzaraga shohid bo‘ldi.
Mahallaning ichki yo‘li bo‘ylab ariq qazilyapti. Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, ariqni qazishdan maqsad – tomorqalarni sug‘orish uchun yuqori ariqdan suv keltirish. Lekin...
Holatning ajibligi shundaki, beton ariq (“lotok”) to‘g‘ridan to‘g‘ri ichimlik suvi quvurlari ustidan yotqizilyapti. Quvurlar shundoq ham eskirib, bir qator joylari yorilgan. Boz ustiga, qazish jarayonida o‘sha eski quvurlarga ham shikast yetgan.
O‘zi qoniqarsiz, eskirib ketgan quvurlar endi betonning ostida qolsa-yu, ertaga darz ketgan joylardan suv chiqib ketsa, aniqki, suvsozlar yangi beton ariqni buzib, quvurlarni ta’mirlashiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi

14:03 / 09.07.2025
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025