Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi kun tartibini ilgari surayotganlikda aybladi.

Foto: Rossiya TIV
Rossiya g‘arbning Markaziy Osiyo mintaqasida hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga mutlaqo qarshi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Markaziy Osiyo—RF va Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi formatlari haqidagi savolga javob berarkan, Lavrov bunday formatlardagi hamkorlik faqat o‘zaro manfaatli hamda ushbu jarayonning barcha ishtirokchilariga mos keladigan kelishuvlarga asoslanishi mumkinligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u Rossiya tomoni «hamkorlik jarayonlarining siyosiylashtirilishiga, u yoki bu mamlakatlar guruhining ushbu va boshqa geosiyosiy makonlarda hukmronlik o‘rnatishga urinishlari bilan bog‘liq mafkuraviy elementlarning kiritilishiga qarshi» ekanini qo‘shimcha qildi.
Sergey Lavrovning fikricha, bunday urinishlar «g‘arblik hamkasblarning Markaziy Osiyo «beshligi» bilan o‘zaro munosabatlariga» yondashuvlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
«Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi a’zolari, Yevropa Komissiyasining Bryusseldagi rahbariyati alohida ajralib turibdi, ular mintaqada o‘z kun tartibini ochiqchasiga antirossiya tarafkashligi bilan olg‘a siljitishga harakat qilmoqda. Biz ittifoqchilarimiz va strategik hamkorlarimizning ko‘p vektorli siyosat olib borishiga qarshi emasmiz. Biz o‘zimiz hamisha barcha geosiyosiy va geografik sohalarda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishishdan manfaatdormiz. Lekin Markaziy Osiyoning ayrim hamkorlari, birinchi navbatda, G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo davlatlarining hukumat tuzilmalariga, jumladan, chegara, statistika va bojxona ishi kabi nozik sohalarga ko‘proq kirib borishga qaratilgan dasturlarga mablag‘ ajratish orqali o‘zaro manfaatli loyihalarni taklif qilib qolmay, o‘z manfaatlarini ilgari surishga harakat qilmoqda», — dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrov buni «ma’qullab bo‘lmasligi» qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari «G‘arb davlatlari ilgari surayotgan maqsadlarni juda yaxshi tushunmoqda».
«Shuning uchun biz Markaziy Osiyo va tashqi hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlik jarayonlarini (narsalarni o‘z nomi bilan atasak) ichki ishlarga aralashishga bo‘lgan bunday ochiqdan-ochiq urinishlardan ozod qilish tarafdorimiz. Biz hech qachon hech kim bilan bunday qila olmaymiz», — deydi Rossiya TIV rahbari.
Mavzuga oid

19:01 / 23.04.2025
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik

14:50 / 23.04.2025
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

14:20 / 23.04.2025
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:52 / 23.04.2025