Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Uning bir nechta joyi singan bo‘lib, shifokorlar ikki marotaba operatsiya o‘tkazgan. Aprel oxirlarida qiz nazorat tekshiruvlaridan o‘tadi.

Foto: South China Morning Post
Xitoyda 9 yoshli maktab o‘quvchisi 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi — shikoforlar uning bir nechta joyi singanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.
Qayd etilishicha, voqea Xebey provinsiyasidagi Tanshan shahrida sodir bo‘lgan. O‘z xonasida vaqt o‘tkazayotgan qiz derazani ochish uchun tokchaga chiqqan, ammo konstruksiya uni ko‘tara olmagan — natijada, qiz 25-qavatdan pastga tushib ketgan. U 7-qavatda joylashgan kvartiralardan birining ustidagi platforma ustiga yiqilgan.
Hodisa yuz bergan vaqtda qiz uyida dadasi bilan birga bo‘lgan. Erkak yuz bergan voqeadan bexabar holda uni kechki ovqatga chaqirgan va qizini topa olmagan. Shunda u turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilgan. Er-xotin nima bo‘lganini anglagunga qadar, erkak bir necha bor derazadan tashqariga qaragan, ammo hech qanday noodatiy narsani payqamagan. Qiz platform bo‘ylab bir necha qadam tashlagani bois uni aniqlash oson bo‘lmagan.
Oxir-oqibat er-xotin boshqaruv kompaniyasi vakili qo‘ng‘iroq qilganidan keyin farzandi qayerda ekanidan xabar topgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yettinchi qavatda yashovchi fuqaro shovqinni eshitib, tashqariga chiqqan. «U ko‘chaga chiqib, qizga duch kelgan, keyin esa boshqaruv kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilgan», — deydi xodim.
Maktab o‘quvchisi topilgan vaqtda uning ko‘zlari shishib, ko‘p qon yo‘qotgan, ammo shunga qaramay hushida bo‘lgan.
Jabrlanuvchi Pekinga — Tanshandan 200 kilometr uzoqlikka olib borilgan. U yerda shifokorlar qizning qo‘li, qoshlari va ko‘krak qafasida sinish holatlarini aniqlagan. Tibbiyot xodimlari ikki marta operatsiya o‘tkazgan, hozirda u reabilitatsiya bosqichida, aprel oxirida qiz nazorat tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

09:43 / 21.04.2025
Xitoy o‘z manfaatlarini buzadigan davlatlarni qat’iy ogohlantirdi

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

14:49 / 20.04.2025