O‘zbekiston | 12:22
972
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi rais tayinlandi

Asadulla Qayumov yangi lavozimda ish boshlaydi.

Foto: Raqobat qo‘mitasi

Prezident qaroriga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qayumov Asadulla Urolovich “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

Asadulla Qayumov faoliyatini 2007 yil Qo‘mitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017 yilga qadar bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. 2022-2025 yillarda Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Mavzuga oid