Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi etib tayinlandi. U 2023 yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Elyorbek Karimov o‘rnini egalladi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ahmadaliyev Abrorbek Qosimjonovich Izboskan tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abror Ahmadaliyev 1988 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining mudiri, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan.
Abror Ahmadaliyev tayinlovga qadar Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2023 yil dekabridan buyon Izboskan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Elyorbek Karimov avvalroq Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

18:12 / 31.03.2025
Izboskandagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan - FVV

17:56 / 13.11.2024
Loydan qurilayotgan “dom” – Izboskanda ko‘p qavatli uy qurilishida sement o‘rniga adir tuprog‘i ishlatilmoqda

17:40 / 02.04.2024
Andijondagi metan zapravka narxni sun’iy oshirgani uchun gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi

19:44 / 21.12.2023